1

"Puldor"larning bunday erkaliklariga ko`z yumib yuribmiz". Deputat yana avjiga chiqayotgan to`yda pul sochish haqida gapirdi

Jamiyat 30.09.2020, 20:45
"Puldor"larning bunday erkaliklariga ko`z yumib yuribmiz". Deputat yana avjiga chiqayotgan to`yda pul sochish haqida gapirdi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonadaonlarda o`tkazilayotgan to`ylarda pul sochishni an`ana qilayotganlik holati aks etgan ko`plab videolar paydo bo`lmoqda. 

 

Deputat Rasul Kusherbaev yana avjiga chiqayotgan ushbu illat haqida munosabat bildirdi:

"To`ylarda osmonga pul sochish odati avjiga chiqib bormoqda ekan. Internetda tarqalayotgan lavhalarda ortiqcha boylik va obro`ni oshirish  sifatida ko`rinayotgan bunday ishlarning mohiyatida aslida bilimsizlik va tarbiyadagi nuqsonlar yotibdi. Kimga qandayligini bilmadim-u biroq shu kungacha havoga sochilayotgan bu kabi pullarni shunchaki ko`chadan supurib topgan biror odamni ko`rmaganman.  

Kuni kecha Buxoro viloyatida xizmat safarida bo`lib chet qishloqlardagi odamlarning turmushi, tuprog`i bilan yaqindan tanishganimda buni yana bir bor tanadan o`tkazish imkoni bo`ldi. To`g`risi: yilda uch-to`rt marotaba erning sho`rini yuvib, ekin ekib oilasini boqayotgan sodda va mehnatkash odamlarni ko`rib, ularning har bir tiyin daromadi qanchalik mashaqqat evaziga bo`layotganligini his qilish mumkin.

To`y marosimlarni ixchamlashtirish bo`yicha ozgina bo`lsa-da o`zgarishlar bo`lganligini ko`rib turibmiz. Sababi bu borada qonuniy choralar belgilandi.  

Ammo shu vaqtgacha davlat ramzlari qatorida aytiladigan milliy valyutani nomoyishkorona oyoq osti qilish, sochish, yoqish va hokazolarga qarshi ko`p gapirilsa-da, biror qat`iy chora belgilanmadi. Balki shu sababdan shu darajaga etib kelgandirmiz.  

Odam bir narsa deyishgayam cho`chib qoldi, shundog`am og`ir. Birovga zarari tegmasa ham ochiq havoda maska taqmagani, «ko`chada peshonasiga maqsadini yozib» yurmagani, mashinasini ichiga qanaqadir plenka taqmagani uchun odamlarni javobgar qiladigan loyihalar ishlab chiqishga «usta» bo`lib ketgan bir vaqtda «puldor»larning bunday erkaliklariga ko`z yumib yuribmiz.

Mamlakat, xalq obro`si, kelajagi bilan bog`liq hech bo`lmaganda davlat ramzlariga hurmat nuqtai nazaridan milliy valyutaga hurmatsizliq, oyoq osti qilganlik uchun javob berish kerakmasmi?  

Pul topib aql topmaganlar, deb shu joyiga aytsa kerak.

Bu gaplar hammaga ham tegishlimas", -mulohaza qilgan deputat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1