Uzoq davom etgan kasallikdan so`ng endokrinolog, professor, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning O`zbekistondan endokrinologiya bo`yicha birinchi koordinatori, Xalqaro diabetologlar federasiyasining (IDF) doimiy a`zosi, Markaziy Osiyo Diabetologlar assosiasiyasining Birinchi prezidenti Salaxova Nazira 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.
Nazira Salaxova 1943 yilda Samarqand shahrida davlat xizmatchilari oilasida tug`ilgan. I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kasbiy faoliyatini Toshkent shahridagi O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo institutida katta ilmiy xodim sifatida boshlagan.
Keyinchalik Toshkent tibbiyot institutining endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salaxova tibbiyot fanlari nomzodi va doktori bo`lgan ko`plab ilmiy kadrlarni tayyorladi.
Darakchi jamoasi Nazira Salaxovaning bevaqt vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.






