Arnasoy tumani G`afur G`ulom mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1992 yilda tug`ilgan D.Yu. tuman tibbiyot birlashmasidan birinchi tez tibbiy yordam oldi, deya xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB.
Keltirilishicha, shifoxona xodimining ichki ishlar organlariga xabariga ko`ra, ayol turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklangan.
Dastlabki surishtiruv ishlari jarayonida aniqlanishicha, erkak xotinini xiyonatda ayblagan va unga tan jarohati etkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.






