AsosiyJamiyat

Toshkentda 4-qavatdan mast holda tushib ketgan ayolga IIB xodimlari pasport olishda yordamlashdi

'Toshkentda 4-qavatdan mast holda tushib ketgan ayolga IIB xodimlari pasport olishda yordamlashdi'ning rasmi

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, “Bog`zor” mahallasida yashovchi 48 yoshli V.M. ehtiyotsizligi sababli to`rtinchi qavat derazasidan yiqilib tushganligi bois yaqinda shifoxonaga joylashtirildi.

Ayoldan xabar olib, uning ahvolini bilish, hodisa sabablarini aniqlashga qaror qilindi. 
Suhbat davomida ayol haqiqatdan ham ehtiyotsizligi sababli yiqilganini, uyni tozalash oldidan oila a`zolari bilan spirtli ichimliklar iste`mol qilganini ma`lum qildi. Mast holatda bo`lgani sababli muvozanatni yo`qotgan V.M. hech kimga e`tirozi yo`qligini bildirdi. 


Shu bilan birga V.M. yaqinda biometrik pasporti, xorijga chiqish pasporti va boshqa hujjatlari bo`lgan paketni yo`qotganini ma`lum qildi. Yiqilgandan so`ngi holati sababli uning uchun yo`qolgan hujjatlarini tiklash ancha qiyin bo`ladi. Chilonzor MvaFRB xodimlari unga ushbu masalada yordam berishdi, uni bo`libgacha olib borib, biometrik ma`lumotlar olingandan so`ng qaytarib uyiga etkazib qo`yishdi. 


Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Eslatib o`tamiz, mast holatda har qanday odamning e`tibori susayadi, shuning uchun qiyin ishlarni boshqa kunga qoldirgan ma`qul. 

    Boshqa yangiliklar