DTM xorijdagi oliygohlarda sirtqi yoki masofaviy ta`lim olishni reja qilayotganlar diqqatiga muhim ma`lumotni e`lon qildi.
Unda aytilishicha, O`zbekistonda xorijiy OTM tomonidan berilgan masofadan o`qitilgan va 3 yillik sirtqi ta`lim diplomlari tan olinmaydi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi quyidagilarni ma`lum qiladi:
Ayni paytda O`zbekistonda oliy ta`lim, kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda olib boriladi. Amaldagi qonunchilikda oliy ta`lim olish uchun masofaviy ta`lim shakli nazarda tutilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 36-bandida ma`lumot O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta`lim shaklida olingan bo`lsa tan olishni rad etishga asos bo`lishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan xorijiy OTMlarda masofadan turib o`qigani uchun berilgan diplomlar O`zbekistonda tan olinmaydi.
Bundan tashqari, bir qator xorijiy OTMlari tomonidan bakalavriat uchun 3 yil yoki undan kam muddatga sirtqi ta`lim shakli bo`yicha o`qishga taklif etilmoqda.
Yurtimizda sirtqi ta`limda o`qish muddati 5 yil etib belgilangan bo`lib, xorijiy davlatlarda kasbiy ma`lumot to`g`risida hujjat beradigan ta`limning umumiy me`yoriy davri (to`liq umumiy o`rta yoki o`rta ma`lumot olingandan keyin) O`zbekiston ta`lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bo`lsa hujjatlarni tan olish rad etilishi belgilangan.
Shunday qilib, xorijiy OTMlarning bakalavriat yo`nalishi bo`yicha sirtqi ta`lim shaklida 3 yil yoki undan kam muddatda o`qib olingan diplomlari O`zbekistonda tan olinmaydi.






