2020 yil 27 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “QAShQADARYoDAGI ADOLATSIZLIK! XODIMGA QANDAY ChORA KO`RILDI?” sarlavhali videotasvir yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
O`rganish davomida, viloyat IIB YHXB yo`l-patrul xizmati inspektori safdor T.U 2020 yil 20 avgust kunidagi xizmat taqsimotiga ko`ra Qarshi shahar hududi bo`ylab xizmatga jalb qilingan.
Shu kuni soat 10:15 lar chamasida xizmat o`tab turgan vaqtida, “Neksiya” rusumli 70 F 409 KA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi Qarshi shahar Nasaf ko`chasida joylashgan “Umida” choyxonasi ro`parasida to`xtab turgan vaqtida haydovchining hujjatlarini ko`zdan kechirish uchun uning yoniga boradi. Haydovchiga o`zini tanishtirib, undan avtomashina boshqarishga oid hujjatlarini talab qilganida haydovchi uning hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etishda ifodalangan qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli, fuqaro N.N tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlikni qayd etadi.
Ma`lum qilinishicha, inspektor haydovchi bilan o`zaro muloqot davomida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi IIVning amaldagi me`yoriy buyruqlari talablarini buzilishiga yo`l qo`ygan.
Bu holat esa fuqaroning haqli e`tirozlariga sabab bo`lganligi uchun, xizmat tekshiruv davomida yo`l-patrul xizmati inspektori safdor T.U.ga “Tanbeh” intizomiy jazosi berilganligi ma`lum qilindi.






