Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o`quv yurtlarida o`qish jarayonlarini qisman an`anaviy shaklga o`tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Shunga ko`ra, oktyabr oyidan:
- Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,
- Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,
- Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti,
- Toshkent farmasevtika instituti,
- Toshkent davlat stomatologiya instituti,
- Andijon davlat tibbiyot instituti,
- Buxoro davlat tibbiyot instituti,
- Samarqand tibbiyot institutining
bakalavriat yo`nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an`anaviy shaklda o`qishlar boshlanmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan bugundan boshlab tibbiy oliy ta`lim muassasalarining talabalari uchun an`anaviy shaklda o`qishlar boshlanganligi xabar qilingan edi.






