2020 yil 3 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 924 (+148) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
-85 nafari Toshkent shahrida,
- 23 nafari Toshkent viloyatida,
-19 nafari Jizzax viloyatida,
-12 nafari Samarqand viloyatida,
-9 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 54 456 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
❗️Hozirda mamlakatimizda 2 992 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.






