AsosiyShou-biznes

AQShda Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmi g`oyasi o`g`rilari qidirilmoqda

Taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov UT nashriga bergan intervyusida uning “Abdullajon” filmi g`oyasi asosida AQShda yaratilgan “Uchar ketmon” o`yini chiqarilgani haqida aytib o`tdi.

“Amerikada ushbu film g`oyasi asosida o`yin chiqarildi – «Uchak ketmon» deya nomlanadi. U erda bu jinoiy ish sanaladi. AQShda mualliflik huquqi nazorat qilinadi, o`yin yaratuvchilari hatto meni ogohlantirishmagan ham, vaholanki shunday qilishsa bo`larmidi? Bo`lardi. Hammasini rasmiylashtirish kerak edi…”, - deydi Zulfiqor Musoqov.

Uning so`zlariga ko`ra o`yin 10 million kishi tomonidan harid qilingan.   

Nashrning mazkur holat yuzasidan rejissyor tomonidan rasman e`tiroz bildirilgani haqidagi savoliga ayni damda Amerikada huquqshunos o`yin mualliflarini izlayotganini, o`zining esa bunga vaqti ham, istagi ham yo`qligini aytib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar