Kecha, 2 oktyabr kuni Buxoro viloyati, Peshku tumani hududidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 393-kilometrida, haydovchi, 1980 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvidagi yuk avtomashinasining tirkamasida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.


Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Fuqaro G`.E.ga tegishli bo`lgan tirkama va uning ichida bo`lgan past navli toy paxta yonib ketgan.
Avtomobil tirkamasi po`lat ustunlarining bir-biriga tegib mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi maxsulotlar ustiga tushishi oqibatida yong`in kelib chiqqanligi taxmin qilinib, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Holat yuzasidan, Peshku tumani FVB va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






