AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash xodimlariga ko`p yillik mehnati uchun ustama to`lanadi

'Sog`liqni saqlash xodimlariga ko`p yillik mehnati uchun ustama to`lanadi'ning rasmi

“Sog`liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4847-son, 02.10.2020 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra:

 Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari – Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimi joriy etildi;

 Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi.

 Qarorga muvofiq:

 Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari sog`liqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda;

hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari esa sog`liqni saqlash vaziri hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari bilan kelishilgan holda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.

 2020 yil 1 noyabrdan Sog`liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko`p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to`lanadi (rag`batlantirish koeffisientini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffisientlarda):

 1 yildan 3 yilgacha – 0,3;

 3 yildan 5 yilgacha – 0,6;

5 yildan 10 yilgacha – 0,8;

 10 yildan 15 yilgacha – 1;

 15 yildan 20 yilgacha – 1,2;

20 yildan yuqori – 1,5.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar