1

Jarqo`rg`onda yuz bergan YTHda 21 yoshli haydovchi va yo`lovchi vafot etdi

Jamiyat 03.10.2020, 16:11
Teglar: IIV, Jarqo`rg`on, YHXBB
Jarqo`rg`onda yuz bergan YTHda 21 yoshli haydovchi va yo`lovchi vafot etdi

Joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 11:10 larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo`rg`on tumani, “Oqtepa” maxallasi hududidan o`tuvchi M-41 avtomobil yo`lining 1603-kilometrida, haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan S.S. tegishli hujjatlarsiz “Neksiya” rusumli avtomobil tezligini me`yoridan oshirgan holda “Jarqo`rg`on-Termiz” yo`nalishi bo`ylab boshqarayotib, quvib o`tish qoidalariga amal qilmasdan qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1963 yilda tug`ilgan R.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to`qnashgan.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 21 yoshli S.S. va ushbu avtomobil yo`lovchisi 1999 yilda tug`ilgan O.R.lar og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo`rg`on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz. 

Sharhlar

"Men 18 ga kirganman" — Malibu boshqargan 14 yashar bola (video)

21.02.2022, 10:00

Xorazm viloyatida o`tkazilgan tekshiruvlar davomida, YPX xodimi tomonidan davlat raqam belgisi bo`lmagan "Malibu" avtomobili to`xtatilgan. Shundan so`ng, mashinadan yosh bolakay tushib keladi. Bola 18 yoshga kirganligini...
YHXBB haydovchilarni qat`iy ogohlantirmoqda

13.12.2021, 09:21

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi noqulay ob-haqo sharoiti yuzaga kelayotgani munosabati bilan barcha haydovchilarni ogoh bo`lishga chaqirdi."Hurmatli haydovchilar",-deya murojaat etadi...
"O`g`lini avtomobil urib yuborgan ota" yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi

17.09.2021, 12:05

Ijtimoiy tarmoqda "O`g`lini avtomobil urib yuborgani haqida ota murojaat qilmoqda" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi.Unga ko`ra, joriy yilning 12 sentyabr kuni...
Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi

03.09.2021, 16:22

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi.Podpolkovnik Nigmatov Ruftullo Olimjonovich IIV Akademiyasi boshlig`ining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar R.Nigmatov O`zbekiston...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1