AsosiyJamiyat

Kasbi tumani hokimi aholidan uzr so`radi

'Kasbi tumani hokimi aholidan uzr so`radi'ning rasmi

Joriy yilning 1 may kuni “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur reyting ko`rsatkichlari natijasiga ko`ra, Qashqadaryo viloyatining Kasbi va Nishon tumanlari "qoniqarsiz" deb topilgan. Ushbu holat bo`yicha bugun, 3 oktyabr kuni Kasbi tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman kengashlarining navbatdagi sessiyasi o`tkazildi. Bu haqda Kasbi tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiya ishida Kasbi tumani hokimi To`xtamurod Meyliev aholidan uzr so`radi.

"Men Kasbi tumani hokimi hamda 4 sektor rahbarlari, tuman hokimining o`rinbosarlari tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda 2019 yil reyting ko`rsatkichlari yakunlari bo`yicha “qizil hududga” kirib qolganligi sababli, sizlardan hamda sizlar orqali tuman aholisidan kechirim so`raymiz. Reyting darajasi past bo`lgan ko`rsatkichlarni o`rganib, tahlil qilib chiqdik va tumanni qizil hududdan holi qilish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqib, o`suv nuqtalarini belgilab oldik", - dedi hokim.

Qayd etilishicha, 2020 yil oxirigacha jami sanoat yo`nalishida 195 ta yangi ish o`rinlarini yaratish hisobiga qiymati 12 mlrd. so`mlik 15 ta loyihalar ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar