Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati Ohangaron tumanida ta`lim muassasalari holatini o`rganmoqda, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Ishchi guruh tumandagi bir nechta maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi o`quv yiliga tayyorgarlik holatini ko`zdan kechirdi. Jumladan, Ohangaron tumanidagi 52 ta maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan birgalikda, quyidagi masalalar alohida o`rganildi:
- Maktablardagi kompyuter sinf xonalarining jihozlanganligi;
- Internet infratuzilmasi etib borganligi;
- Informatika fanining o`qitilishi jarayonlari;
- Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash va boshqalar.
O`rganish yakunida tumandagi maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish, AKT infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha 2021-2022 yillarga mo`ljallangan rejalar belgilab olindi.






