AsosiyJamiyat

Bektemir tumani hokimi bitiruvchilari eng ko`p o`qishga kirgan maktab jamoasiga "Spark" bermoqchi

'Bektemir tumani hokimi bitiruvchilari eng ko`p o`qishga kirgan maktab jamoasiga "Spark" bermoqchi'ning rasmi

Bektemir tuman hokimi Jahongir Ibrohimov maktab bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishi bo`yicha eng yuqori natija ko`rsatgan tumandagi maktab jamoasiga "Spark" avtomobili topshirilishini e`lon qilgan.

Bugungi kunda mazkur sovrinni olish uchun tumandagi maktablar o`rtasida sog`lom raqobat ketmoqda. Agarda maktabning jami bitiruvchilari ko`rsatgichi 50% dan yuqori bo`lsa, o`sha maktab jamoasiga avtomobil topshiriladi.

Bektemir tuman xalq ta`limi bo`limi matbuot xizmatining xabar berishicha, bayram munosabati bilan hozirgi kunda o`quvchilarining natijalari yuqori bo`lgan 3 ta maktab jamoasi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Unga ko`ra:

1-o`rin - 291-sonli umumta`lim maktabi - 10 mln. so`m,

2-o`rin - 290-sonli umumta`lim maktabi - 7,5 mln. so`m,

3-o`rin - 293-sonli umumta`lim maktabi - 5 mln.so`m pul mukofotlari maktab jamoasiga topshirildi.

Tez orada oliy mukofot - "Spark" avtomobili ham o`z egasiga topshirilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar