"Men 3 hafta davomida paxta yig`im-terimida ishlab pul topdim. Menga mahalla tomonidan kam ta`minlangan oilalarga to`lanadigan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pullari to`xtatib qo`yilishini aytishdi. Mazkur holat qonuniymi?"
Mazkur savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva javob berdi:
— “Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 38-bandida bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam to`lash qachon va qanday hollarda to`xtatilishi belgilab quyilgan.
Bular:
• to`lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;
• bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo`yicha nafaqa olish huquqini istisno etuvchi yoshga to`lgan;
• bola parvarishi bo`yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqan;
• doimiy yashash joyi o`zgargan;
• fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu to`lovlarga ehtiyojmandligi yo`qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;
• fuqarolar yig`inining (Komissiyaning) tegishli to`lovlarni tayinlash to`g`risidagi qaroriga ta`sir ko`rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma`lumotlar aniqlangan hollarda.
Demak, mazkur holatda MFY tomonidan sizing paxta terimida topgan moddiy mablag`ingizni asos qilgan holda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pullari to`xtatib qo`yilishi mumkin emas.






