2020 yil 3 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 238 (+97) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, bugun Toshkent shahrida 241 nafar, Toshkent viloyatida 96 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Jizzax viloyatida 15 nafar, Farg`ona viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 54 854 (+398) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 907 nafar bemor shifoxonalarda davolanmoqda.






