Sog`liqni saqlash vazirligi 3 oktyabr kungi statistikani e`lon qildi. Unga ko`ra, mamlakatimizda:
- 462 holatda kasallik qayd etildi (kecha 2 oktyabrda 486 holatda). Jami kasallanganlar 58 238 nafarga etdi.
- Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Jizzax, Farg`ona, Navoiy, Xorazm hamda Qashqadaryo viloyatlarida 398 nafar bemor tuzaldi (kecha 2 oktyabrda 501 nafar);
- 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 477 nafarga etdi.
Kecha 3 nafar bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 475 nafarga etgan edi.
- Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 238 nafar bemordan 54 854 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
- Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 907 nafar bemordan 573 nafari og`ir, 252 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






