AsosiyJamiyat

Samarqandda gaz uchun to`langan naqd pullar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

'Samarqandda gaz uchun to`langan naqd pullar talon-toroj qilinganligi aniqlandi'ning rasmi

“Pastdarg`omtumangaz” bo`limi hisob raqamiga billing dasturi orqali kelib tushgan pul mablag`lari tahlil qilinganda, bo`lim binosida joylashgan “Sifat Ekspress” xususiy korxonasi Paynet shoxobchasi orqali iste`molchilarning gaz uchun to`lagan naqd pullari talon-toroj qilinganligi aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Unga ko`ra, 1031 tartibi bo`yicha iyul oyida  21 mln 616, 8 ming so`m, avgust oyida 59 mln 349,0 ming so`m iste`molchilarning shaxsiy hisob raqamiga kiritilgan, ammo mablag`lar “Hududgaz Samarqand” gaz ta`minoti hisob raqamiga kelib tushmagan.

 “Hududgaz Samarqand” gaz ta`minoti filiali tomonidan ushbu masalani ko`rib chiqish va huquqiy baho berish uchun o`rganilgan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

 

    Boshqa yangiliklar