AsosiyJamiyat

Rasmiylar uyini ombor suvi urib ketgach, molxonada yashayotgan Sardobadagi muhtoj oilani spektakl o`ynayotganini aytishmoqda

'Rasmiylar uyini ombor suvi urib ketgach, molxonada yashayotgan Sardobadagi muhtoj oilani spektakl o`ynayotganini aytishmoqda'ning rasmi

Uyini ombordan toshgan suv urib ketgach, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Haqiqat mahallasi, Bo`ston ko`chasidagi molxonada yashashga majbur bo`lgan oila haqida xabr berilgan edi.  Unda ushbu oilaning uyi kadastr hujjatlari bo`lmaganligi sabab hech narsa berilmagani aytilgan.   

Ushbu tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati asl deb aytilayotgan qo`yidagi holatni bayon qildi:  

Tuman mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limining bergan ma`lumotiga ko`ra, “Sardoba” suv omboridagi texnogen holat sabab yuz bergan suv toshqiniga qadar Gulchehra Allayorova (44 yoshli idish yuvuvchi bo`lib ishlaydigan ayol) nabirasi va ikki nafar qizi bilan ukasi Ilxom Umrzoqovning Mirzaobod tumani “Xaqiqat” mahallasi Bo`ston ko`chasida joylashgan uyida birgalikda istiqomat qilib kelgan.

Suv toshqini oqibatida mazkur xonadon zarar ko`rgan va ishchi guruhi tomonidan yashashga yaroqsiz deb topilgan. Ushbu xonadon Ilxom Umrzoqovning rafiqasi Umrbuvi Umrzoqova nomida bo`lib, etkazilgan zararini qoplash maqsadida hozirda yangi qurilayotgan uy-joylardan biri berilishi nazarda tutilgan va hujjatlari qabul qilingan. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan U.Umrzoqovaga 40,0 mln.so`mlik kompesasiya puli, maishiy texnika uchun sertifikat  berilgan.  

Ushbu vaziyatda G.Allayorova va uning farzandlari ham e`tibordan chetda qolmadi. Boquvchisi yo`qligi, buning ustiga ikki nafar qizi va nabirasi bilan yashayotganligi inobatga olinib, unga ham 40,0 mln.so`m puli mablag`i, maishiy texnika uchun sertifikat ajratildi.

Toshqindan so`ng barcha evakuvusiya qilinganlar qatorida G.Allayorova ham oila a`zolari bilan tuman markazidagi kollej yotoxonasiga joylashtirilib, etarlicha oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta`minlangan. Ammo G.Allayorova kollej yotoxonasida ma`lum muddat yashagach, suv toshqiniga qadar istiqomad qilgan xonadonning ilgari molxona, omborxona o`rnida foydalanilgan qismiga kelib joylashgan.  

Kuz mavsumining yog`ingarchiliklari hisobga olinib, tuman hokimi o`rinbosari, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i tomonidan G.Allayorova va uning oila a`zolari avtobus bilan tuman markazidagi kollej yotoqxonasiga olib kelingan. Issiq ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlangan bo`lsa-da, fuqaro G.Allayorova va uning farzandlari sababsiz ravishda yashash uchun yaroqsiz bo`lgan joyga yana qaytib kelgan.  

Ayon bo`lishicha, G.Allayorova bunday hatti-harakatlari bilan talofat ko`rgan aholi uchun qurilayotgan uylardan o`zi va oilasi uchun ham ajratilishini xohlamoqda. Biroq belgilangan tartib-qoidalar mavjud. Ya`ni, yuqorida ta`kidlanganidek G.Allayorova talofatdan oldin yashagan xonadoni ukasining turmush o`rtog`i U.Umrzoqova nomida bo`lganligi sabab uning nomiga hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shunday bo`lishiga qaramay, fuqaroning oilaviy sharoiti hisobga olinib, ayni kunlarda Allayorova Gulchehra Atabaevnaga “Haqiqat” mahallasida qurilayotgan uy-joylardan Ipoteka kredit asosida xonadon ajratilishi uchun kerakli hujjatlar viloyat ishchi guruhi tomonidan qabul qilingan va o`rganilish jarayonida, deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar