Xotin-qizlarining oilaviy turmush muammolarini bartaraf etishga ko`maklashish, hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish, ularning maishiy zo`ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish, hayotini qayta yo`lga qo`yishda moddiy va ma`naviy, tibbiy-psixologik yordam berish maqsadida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining 1146 qisqa raqamli Ishonch telefoni o`z faoliyatini boshlamoqda.
Vazirlik Zo`ravonlikdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazi qoshida mazkur Ishonch telefoni faoliyatini joriy yilning 10 oktyabr sanasidan yo`lga qo`yish va uni moliyalashtirish bo`yicha BMTning Aholishunoslik jamg`armasi (YuNFPA) bilan o`zaro kelishuvga erishdi.
Ishonch telefoni orqali zo`ravonlik qurboniga aylangan xotin-qizlarga hayotidagi mavjud og`ir vaziyatlardan chiqishlariga yordam berilib, ularga zarur ruhiy, huquqiy hamda tibbiy ko`mak beriladi. Bunda murojaatchilarning xohishiga ko`ra, uning shaxsi sir saqlanadi.






