Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputati Jahongir Ziyaev bir qancha davlatlardagi o`qituvchilar oyligini keltirib, "O`zbekistonda maktab o`qituvchilarining o`rtacha oylik maoshi 2018 yil 1 sentyabrdan 1 mln 749 500 so`m (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi. 2019 yil 1 yanvardan esa ularning maoshini 2 mln 501 ming so`mga (318,1 dollar, yiliga 3817 dollar) etkazish ko`zda tutilgan", deb aytgan.
Shundan so`ng bloger Zafarbek Solijonov o`z kanalida o`qituvchilardan birining quyidagi munosabatini joylashtirdi.
"Hozir 1 stavka dars uchun 1.9 million so`m oylik yoziladi. Qo`limga 1.6 million so`m tegadi. Kursga hisoblasak 160 AQSh dollari ekan, tahminan. Mening hisob-kitoblarimga ko`ra, 2018 yil yaxshi edi. Tahminan 222 $ olardik, narxlar ham hozirgidek qimmat emasdi.
Ishga borib kelishimga 2018 yili 2000 so`m ketardi. Hozir yo`l haqi 4 barobar oshgan - 8000 so`m ketyapti. Undan oylik oshmagani yaxshiku. Tepadagi deputatning fikrini o`qib hayron qoldim. O`zim o`qituvchiman, shunaqa ko`p oylik olamizmi?"






