AsosiyJamiyat

5-sinf "Ona tili" darsligidagi xatolar yuzasidan Respublika ta`lim markazi izoh berdi

'5-sinf "Ona tili" darsligidagi xatolar yuzasidan Respublika ta`lim markazi izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 5-sinf "Ona tili" darsligi yuzasidan turli tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu bildirilgan e`tirozlarga XTV huzuridagi Respublika ta`lim markazi matbuot bo`limi o`z munosabatini bildirdi

2020-2021-o`quv yili uchun chop etilgan 5-sinf "Ona tili" darsligi yuzasidan kelib tushgan e`tirozlar Respublika ta`lim markazi mutaxassislari hamda taqrizchilar tomonidan o`rganib chiqqan holda quyidagilarni ma`lum qiladi:

1."O`zbek tilining izohli lug`ati", "O`zbek tilining imlo lug`ati" (2003 y. Sh.Rahmatullaev), "O`zbek tilining imlo lug`ati" (2013 yil, "Akademnashr")ga ko`ra darslikda keltirilgan “suiisteʼmol” va “televideniye” so`zlarida imloviy xatoliklar yo`q.

2.“Yozing”, “matnga”, “namoyish”, “unutmadim” so`zlarini bo`g`inga ko`chirishdagi texnik xatoliklar haqiqiy nashrda to`g`irlangan va ushbu so`zlar bo`g`inga ko`chirilmay joylashtirilgan.

3. Haqiqiy nashrda “muallif” va “qisqartirib” so`zlaridagi texnik holatga yo`lga qo`yilgan imloviy xatoliklar bartaraf etilgan.

4. “O`zbek tilining izohli lug`ati"ga ko`ra, buxgalter (nem.buch-kitob+halter-olib yuruvchi, tutib turuvchi) hisobchi so`zi aynan shu tarzda berilgan.

Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi darsliklar yuzasidan har qanday asosli va konstruktiv fikr-mulahalarni ko`rib chiqishga tayyor ekanligini bildiradi.

    Boshqa yangiliklar