AsosiyJamiyat

Toshkentda "Lasetti" bilan to`qnashgan "Neksiya" yonib ketdi (video)

'Toshkentda "Lasetti" bilan to`qnashgan "Neksiya" yonib ketdi (video)'ning rasmi

4 oktyabr kuni soat 17:00 lar atrofida, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, TXAY ko`chasida joylashgan “Turkiston” to`yxonasi yaqinida, 1994 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi “Lasetti” hamda 2000 yilda tug`ilgan S.G`. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`ldi. Oqibatda “Neksiya” rusumli avtomobilda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo`lovchilaridan biri tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgani aytilmoqda. 

Yuzaga kelgan yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to`qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Video:

    Boshqa yangiliklar