AsosiyJamiyat

O`zbekistonda USAID vakolatxonasi ochildi

'O`zbekistonda USAID vakolatxonasi ochildi'ning rasmi

AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) 30 sentyabr kuni O`zbekistonda ikki tomonlama missiya tashkil etilganligini e`lon qildi. Bu haqda AQShning O`zbekistondagi elchixonasiga tayanib Daryo xabar qildi.

Bungacha agentlikning O`zbekistondagi vakolatxonasi Markaziy Osiyoda (Olmaotada) USAID missiyasining tarkibiga kirgan. Bir vaqtning o`zida Tojikistonda yangi USAID missiyasi ochilgan.

«Missiyalar USAID faoliyatining markazidir va Qo`shma Shtatlar mamlakat hukumati va aholisi bilan to`g`ridan-to`g`ri va mazmunli munosabatlarni o`rnatishga sodiqligini namoyish etadi», – dedi Jon Barsa.

Jon Barsaning ta`kidlashicha, missiyalar USAID faoliyat yuritadigan asosiy markaz bo`lib, u Qo`shma Shtatlarning hukumat hamda mamlakat xalqi bilan to`g`ridan-to`g`ri va sermazmun munosabatlarni o`rnatishga sodiqligini namoyish etadi. Shuningdek, ushbu missiyalar mintaqadagi faoliyatini muvofiqlashtirishga yordam berib, Markaziy Osiyodagi biror-bir davlat e`tibordan chetda qolmasligini ta`minlaydi.

Jon Barsa fevral oyida AQSh prezidenti Donald Tramp ma`muriyati 2019–2025 yillarda Markaziy Osiyo bo`yicha AQShning yangi strategiyasini tasdiqlaganini eslab o`tdi. Qayd etilishicha, yangi missiyalarning ochilishi ushbu strategiyani amalga oshirishning bir qismidir.

Onlayn tadbirda so`zga chiqqan O`zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov rasmiy Toshkent USAID`ning O`zbekistondagi keng ko`lamli islohotlarni qo`llab-quvvatlashi va uning mamlakat taraqqiyotiga qo`shgan hissasini yuqori baholashini ta`kidladi.

U Markaziy Osiyo bo`yicha AQSh strategiyasining maqsadlari O`zbekistonning ustuvor yo`nalishlari va qarashlariga to`g`ri kelishini ta`kidladi.

Yangi missiyalar 2021 yilda to`liq ishga tushirilishi kutilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar