AsosiyJamiyat

“O`zbektelekom” internet sifati yomonlashishidan ogohlantirdi

“O`zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi internetdagi uzilishlar 2016 yilning 5 yanvaridan 5 fevralga qadar davom etishini ma`lum qildi.

Uzilishlar tarmoqlarda olib borilayotgan texnik ishlar bilan bog`liqligi aytilmoqda.

“Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz”, — deyiladi xabarda.

Internet bilan bog`liq muammolar 2015 yilning avgustida boshlangan edi. O`shanda internet foydalanuvchilari Skype, Viber va shu kabi boshqa ommabop messenjerlarning yomon ishlayotganidan shikoyat qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar