AsosiyJamiyat

Ayni paytda 565 nafar bemor og`ir, 301 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

'Ayni paytda 565 nafar bemor og`ir, 301 nafari esa o`ta og`ir ahvolda'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra, 4 oktyabr kuni mamlakatimizda 449 holatda kasallik qayd etildi.  

Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 482 nafarga etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Andijon hamda Qashqadaryo viloyatlarida 464 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 687 nafar bemordan 55 318 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 887 nafar bemordan 565 nafari og`ir, 301 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar