AsosiyJinoyat

Parkent tumani hokimligi sotib olgan "Kaptiva" voqeasida korrupsiyaga yo`l qo`yish alomati aniqlandi

'Parkent tumani hokimligi sotib olgan "Kaptiva" voqeasida korrupsiyaga yo`l qo`yish alomati aniqlandi'ning rasmi

Parkent tumani hokimligining harakatlarida korrupsiyaga yo`l qo`yish alomatlari aniqlanganligi holati yuzasidan

Parkent tumani hokimligi zaxira byudjetidan 269 mln so`m ajratib, 260 mln so`mga "Kaptiva" rusumli avtomobil xarid qilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoq va mahalliy internet-nashrlarda keng tarqalgan va bu yuzadan Parkent tumani hokimligi izoh bergan edi.

O`z navbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan “Mega Karer” MChJdan Captiva rusumli avtomobil 260 mln so`mga sotib olingani to`g`risidagi xabar bo`yicha Bosh prokuraturaga so`rovnoma yuborgan edi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati ushbu masala yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan Parkent tuman hokimining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari o`tkazilganligini aytmoqda. 

Tekshirishlar davomida “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonun talabi buzilgani, xususan avtomashina sotib olishda manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilgani aniqlangan.  

Natijada tuman hokimining avtomashina sotib olish to`g`risidagi farmoyishi bekor qilingan va “Mega Karer” MChJ tomonidan 260 mln. so`m pul mablag`lari tuman hokimligi hisob raqamiga qaytarib o`tkazib berilgan. Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar