1

Saudiya Arabistoni Eron bilan munosabatlariga chek qo`ydi

Dunyo 04.01.2016, 14:38
 Saudiya Arabistoni Eron bilan munosabatlariga chek qo`ydi

Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarini to`xtatdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Saudiya tashqi ishlar vazirligi Eron diplomatik missiyasi va unga bog`liq tizimlardan mamlakat hududini 48 soat ichida tark etishni talab qildi. Tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubayrning so`zlariga ko`ra, Saudiya Arabistoni Eronning   mamlakat xavfsizligiga putur etkazishiga yo`l qo`ymaydi.

Mazkur qaror ikki davlat o`rtasidagi kelishmovchiliklarning kengayishi doirasida qabul qilinganligi ta`kidlanmoqda. Kelishmovchiliklar Saudiya rasmiylari tomonidan shia mazhabiga mansub din targ`ibotchisi, qirollik sharqiy hudularida diniy ozchilik huquqlari uchun kurashgan Nimr al-Nimrning qatl etilishidan so`ng yuzaga kelgan edi. Bundan tashqari, terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda ayblangan yana 46 kishi ham qatl etilgan edi.

Bunga javoban Eron hukumati vakillari Saudiya Arabistoniga nisbatan keskin qarorlar qabul qilgan edi. O`z navbatida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi ham Eron elchisi bilan uchrashuv o`tkazdi va unga yuqoridagi qarorni aytdi.

3 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Tehron shahridagi elchixonasiga hujum uyushtirildi. Namoyishchilar elchixona mebellarini sindirib, binoga o`t qo`ymoqchi bo`lgan. Polisiya tartibsizliklarga o`z vaqtida barham bergan. Shundan so`ng saudiyalik diplomatlar Eron hududini tark etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1