Beeline aloqa operatori Yangi yil kechasidagi tarmoq faoliyati natijalari haqida xabar beradi.
2015 yilning 31 dekabr soat 20:00dan 2016 yilning 1 yanvar soat 04:00gacha Beeline tarmog`ida 100 millionga yaqin qo`ng`iroqlar amalga oshirildi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning texnik direktori Evgeniy Klyuchev shunday dedi: “Yangi yilda tarmoqning yuqori darajadagi yuklanishiga ko`rilgan tayyorgarlikar a`lo natija berdi: yangi yil kechasi shtat tizimda, jiddiy nosozliklarsiz o`tdi. Beeline abonentlari o`z yaqinlarini ham ovozli xizmatlar, ham mobil Internet orqali bayram bilan tabriklay olganlaridan mamnunmiz. Trafik o`sishining yuqori darajasi besh yuz foizdan oshganiga qaramay, tarmoqning asosiy sifat xarakteristikalari umumiy talablarga javob bergan holda saqlanib qoldi”.





