AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Gulistondagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlar yotgan sport majmuasidagi portlash bo`yicha bayonot berdi

'Bosh prokuratura Gulistondagi koronavirusdan davolanayotgan bemorlar yotgan sport majmuasidagi portlash bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan “COVID-19” infeksiyasiga gumon qilingan va kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod baloni portlab ketgani haqida xabar bergan edik.  

Holati yuzasidan Bosh prokuratura  rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, portlash bo`yicha Bosh prokuratura tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatildi.

Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar