14 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar:
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ direktori Q.O. (1979 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali direktori O.K. (1963 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ ta`sischisi X.T. (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ o`quv ishlari bo`limi direktori M.A. (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi A.Sh. (1983 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali g`aznachisi O.J. (1983 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ hisobchisi M.O. (1969 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ kadrlar bo`limi inspektori R.N. (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ hamkori K.N.K. (1968 yilda Koreya Respublikasida tug`ilgan),
- Vositachi J.X. (1987 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan),
- “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ agenti I.D. (1986 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan),
- Vositachi F.K.ga (1970 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan)ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni jarayoni nihoyasiga etgan va sud hukmi e`lon qilingani haqida avval xabar qilgandik.
E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra,
Q.O. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakillashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
O.K. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
X.T. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
M.A. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi taynlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
A.Sh. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Ungai uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
M.O. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil 9 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilangan.
R.N. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilangan.
O.J. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
K.N. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
J.X. JKning 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan aybdor deb topilgan. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
I.D. JKning 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilangan.
F.K. JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga uzil-kesil o`tash uchun 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan.
Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zarar undirish belgilangani haqida ham avval xabar qilgandik.
Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchilardan solidar tartibda jabrlanuvchilar foydasiga jami 19 551 004 674 so`m moddiy zarar undirish, O`zbekiston Respublikasi IIV depozit raqamiga topshirilgan jami 7 831 973 502 so`m pul mablag`lari va 573 856 519,6 so`mlik xatlangan mol-mulklar etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplashga qaratish belgilangan.
Dastlabki tergov organi tomonidan 2 372 nafar fukarolarning jami 24,2 mlrd. so`m pul mablag`lari firibgarlik yo`li bilan ko`lga kiritganlik ko`rsatilgan bo`lib, jinoyat ishi qo`zg`atilgunga qadar 2,95 mlrd. so`m jabrlanuvchilarga qoplangan va sud jarayonida ayrim jabrlanuvchilar da`vodan voz kechishgan.
Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgan edi.
Ushbu hukm ustidan ayrim sudlanuvchilar, advokatlar, sudlanuvchining qonuniy vakili, fuqaroviy da`vogar va jabrlanuvchilar tomonidan apellyasiya tartibida keltirilgan shikoyatlar, Yakkasaroy tuman prokurori tomonidan keltirilgan apellyasiya protesti hamda ish bo`yicha chiqarilgan xususiy ajrim ustidan advokatlarning keltirgan xususiy shikoyatlari jinoyat ishi hujjatlari bilan birga jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyada ko`rildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati rahbari Aziz OBIDOV saytimizga xabar qildi.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi A. Jalilov raisligida hamda sudyalar M. Turg`unova va D. Rajabovdan iborat sud tarkibida ko`rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasining 2020 yil 7 oktyabrdagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudining 2020 yil 14 sentyabrdagi Q.O., O.K., X.T., M.A., A.Sh., M.O., R.N., O.J., K.N. va I.D.ga oid hukmi o`zgartirildi.
Q.O.ning ayblovidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. Q.O.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga JKning 60, 61-moddalari tartibida, JIB Nurafshon shahar sudining 2019 yil 14 avgustdagi hukmi bilan o`talmay qolgan jazo muddatiga qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
O.K.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. O.K.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga JKning 60, 61-moddalari tartibida, JIB Namangan shahar sudining 2016 yil 25 iyuldagi hukmi bilan o`talmay qolgan jazo muddatiga qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
X.T.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. X.T.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
M.A.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. M.A.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
A.Sh.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. A.Sh.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 60, 61-moddalari tartibida, JIB Uychi tuman sudining 2017 yil 21 iyuldagi hukmi bilan o`talmay qolgan jazo muddatiga qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
M.O.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. M.O.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga JKning 62-moddasi tartibida 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil 9 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. M.O.ga JKning 72-moddasi qo`llanilib, hukm shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
R.N.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. R.N.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga JKning 72-moddasi qo`llanilib, hukm shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
O.J.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. O.J.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
K.N.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi, 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. K.N.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
I.D.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi chiqarildi va ushbu modda bilan tayinlangan jazo bekor qilindi. Unga nisbatan JKning 45-moddasi,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan tayinlangan jazolar o`zgarishsiz qoldirildi. I.D.ga JKning 59, 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo`llanilib, hukm shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
Shuningdek, hukmning tavsif qismidagi jabrlanuvchi J.E. foydasiga jami 52 888 155 so`mlik epizod hamda qaror qismidagi ushbu summani undirish qismi chiqarildi.
Hukmning qaror qismidagi jabrlanuvchi A.Z. foydasiga jami 27 202 730 so`m undirish qismi bekor qilinib, sudlanuvchi Q.O., O.K., X.T., M.A., A.Sh., M.O., R.N., O.J., K.N. va I.D.dan solidar tartibda A.Z. foydasiga 2019 yil 25 mart kuni xususiy bandlik agentligida ro`yxatdan o`tishi uchun to`lov qilgan 202 730 so`m, 2019 yil 10 apreldagi 577-sonli shartnomaga asosan ATB “Turonbank”ning Chilonzor filialiga to`lov qilgan 32 400 000 so`m, jami 32 602 730 so`m undirilishi belgilandi.
IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan pul mablag`lari, IIV Ichki ishlar xodimlarini boshlang`ich tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazining jarima maydoniga topshirilgan avtotransport vositasi hamda xatlangan mol-mulklar sotuvdan tushgan pul mablag`lari Q.O., O.K., X.T., M.A., A.Sh., M.O., R.N., O.J., K.N. va I.D. tomonidan etkazilgan zararni solidar tartibdagi undiruv qismiga qaratilib, jabrlanuvchilar o`rtasida proporsional tartibda taqsimlanishi belgilandi.
Hukmning tavsif va qaror qismlaridagi “VEGA BEST” MChJ va “Agrofitoeksport” MChJ o`rtasida tuzilgan 2019 yil 2 apreldagi 4-sonli hamda“FAYOZ-XDS” MChJ, “BAXMAL FITOIMPEX” MChJ va “ISMAILOV RUSTAM IKRAMOVICH” MChJlar o`rtasida tuzilgan 2019 yil 7 apreldagi 3-sonli oldi-sotdi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish qismi bekor qilindi.
Manfaatdor taraflarga ushbu shartnomalar yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi. Hukmning qolgan qismi o`zgarishsiz qoldirilib, apellyasiya shikoyatlari va apellyasiya protesti qisman qanoatlantirildi.
S.ALLABERGANOVA, jurnalist






