1

OAV: 2016 yilda «Islom davlati» barham topishiga AQShning ko`zi etmayapti

Dunyo 05.01.2016, 11:04
OAV: 2016 yilda «Islom davlati» barham topishiga AQShning ko`zi etmayapti

Milliy xavfsizlik ishlari bo`yicha AQSh prezidenti  maslahatchisi o`rinbosari  Ben Rodsning so`zlariga ko`ra,  Vashington  terrorlarning   aholi yashaydigan  ayrim joylardagi nazoratini  taqiqlab ko`yishni  rejalashtirmokda, lekin shunga karamay bu  guruhlar o`z mavjudligini yo`qotmaydi. Bu hakda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Milliy xavfsizlik ishlari bo`yicha AQSh prezidenti  maslahatchisi o`rinbosari  Ben Rods taxminlariga ko`ra,  «Islom davlati» terrorchilik guruhi 2016 yilda yakun topmaydi. 

«Ular o`z harakatlarida davom etadi. Chunki  bu yil uni yo`k kilish amrimahol», - dedi Ben Rods Oq uyda o`tkazilgan axborot kengashida. Yana u bu guruhni «Al-Qoida» guruhiga tenglashtirib o`tadi. Uning aytishicha bu guruh, o`ziga tegishli bo`lgan maydonlarning kichikligiga qaramay o`z amalini hamon yakunlagani yuk.

Shuningdek, AQSh  «Islom davlati»dan ayrim “xatarsiz chegaralarni” tortib olish orqali, Iroq va Suriyaning katta maydonlarida olib borayotgan nazorati o`z kuchini yuqotishiga ishonadi.

Rods Suriyadagi nizoning siyosiy qaroriga hamda suriyaliklar kelajakda mustahkam barqarorlik va osoyishtalikka etaklovchi yo`lni ko`ra olishlariga o`z ishonchini bildirdi.

 CBS News eslatishi  bo`yicha dekabr oyida jurnalistlar uchun qilgan chikishida, Barak Obama AQShni «Islom davlati»ga har galgidan ham kuchliroq hujum qilayotganini ta`kidlagandi. Shuningdek, Amerika prezidenti «Islom davlati» -  AQShni yo`k qila oladigan guruhlardan emasligiga alohida urg`u berib  o`tgandi.   

AQSh Iroq va Suriyadagi «Islom davlati»ni bombardimon qilishda ishtirok etayotgan  65 ta mamlakatdan  iborat ittifoqni boshqarib kelmoqda. Lekin Suriyada bu ittifoq hukumatning ruxsatisiz ham o`z harakatlarini olib bormokda. Bu ittifoqning  90%ga yaqin aviahujumini  AQShning harbiy havo kuchlari amalga oshirib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1