AsosiyDunyo

Misrda ikki kunda 15 mahkum qatl etilgani tanqid ostiga olindi

'Misrda ikki kunda 15 mahkum qatl etilgani tanqid ostiga olindi'ning rasmi

BMTning Inson huquqlari bo`yicha boshqarmasi Misrda ikki kunda o`n besh nafar mahkumning qatl etilganini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Inson huquqlari bo`yicha boshqarma matbuot kotibi Liz Trossellning fikricha, mahkumlarning qatli Misrda 19 sentyabrdan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari qatnashchilarini qo`rqitish uchun amalga oshirilgan bo`lishi mumkin. Shuningdek, u ayblanuvchilar odil sudlanmaganini ta`kidladi.

“Qatl etilganlardan ayrimlari qiynoqqa solingan, ular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro pakt doirasida odil sudlanmagan, bu esa yashash uchun huquqning qo`pol ravishda buzilishidir“, – deya izohladi Trossell.

Misrda o`tgan hafta 2013 yilning avgustida Iskandariya shahridagi namoyishlarda ushlangan «Musulmon birodarlar» tashkilotining 15 a`zosiga nisbatan o`lim jazosi ijro etildi. Ular xavfsizlik kuchlari vakillarini o`ldirishda ayblangan edi. 

 
  

Boshqa yangiliklar