Aktrisa Shahzoda Muhammedova ayni damda “Mening yurtim” telekanalining “TravelTV.UZ” loyihasi doirasida Evropa mamlakatlari bo`ylab sayohat qilayotgani haqida xabar bergandik.
U o`zining Instagrammdagi sahifasiga Parij ko`chalarida "Spark" avtomobilini uchratganini yozib qoldirdi.
“Parij ko`chalarida “Spark”ga o`xshagan avtomobillar benzinda emas zaryad orqali harakatlanyapti. Maxsus shahobchalarda avtomobillar quvvatlovchi moslamaga ulab ketilyapti. Istagan odam bu avtomobillarni haydab yo`l haqini kartada to`lab, uni yana tashlab ketyapti. Xullas mashina hammaniki #PARIJ_FRANSIYA”.
Shuningdek, aktrisa Parijning Eyfel minorasi va afsonaviy Luvr muzeyida tushgan suratlaridan lavhalar joylagan.







