AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyaga 14 nafar o`zbekistonlik jo`nab ketdi. Koronavirus aniqlangani sababli 8 nafariga ruxsat berilmadi

'Janubiy Koreyaga 14 nafar o`zbekistonlik jo`nab ketdi. Koronavirus aniqlangani sababli  8 nafariga ruxsat berilmadi'ning rasmi

Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan ko`plab fuqarolar pandemiya sababli mamlakatlar o`rtasida aviaqatnovlarning vaqtincha to`xtatilishi oqibatida ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolardan 14 nafari “Toshkent-Istanbul-Seul” tranzit aviareysi orqali uchib ketdi. Bu haqda agentlikning Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 8 oktyabr kuni 22 nafar fuqaroning Koreya Respublikasi talabiga ko`ra ushbu mamlakat elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan “Korean No 1 Laboratory” xususiy tibbiyot muassasasidan koronavirus infeksiyasiga testdan o`tishi tashkillashtirilgan. Ulardan 8 nafariida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Janubiy Koreyaga ketish uchun ruxsat berilmagan.

14 nafar fuqaro 13 iyulda Janubiy Koreyadagi ish joyiga jo`nab ketishi rejalashtirilgan bo`lib, biroq O`zbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli qoldirilgan.

Pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun ruxsat olish rozilik bitimini to`ldirishdan oldin karantinda saqlash joyini ish beruvchi bilan aniqlashtirish hamda rozilik bitimiga haqqoniy ma`lumotlarni kiritish, karantin joyi korxona joylashgan hududda bo`lishi lozim. Ish beruvchining mehnat migrantini chaqirish haqidagi rozilik xati qo`llab-quvvatlanadi.

Xabarda aytilishicha, noto`g`ri berilgan ma`lumotlar, O`zbekistondagi turli to`lovlardagi qarzdorliklar fuqaroning Koreya Respublikasiga kirib borolmasligiga hamda ushbu mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qo`yilishiga sabab bo`lishi mumkin.

Ma`lumotlarga ko`ra, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan ba`zi fuqarolar Turkiya va boshqa davlatlar orqali Koreya Respublikasidagi ish joyiga borishga harakat qilgan va ular ushbu davlat aeroportidan O`zbekistonga qaytarilgan. Fuqarolardan ushbu holatga o`xshash tavakkalchiliklarni qilmasliklarini maslahat beramiz.  

Mazkur 14 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga etib borgach koronavirus infeksiyasi uchun yana test topshiradi. Test natijalari Koreya Respublikasiga ishlash uchun ketuvchilarning navbatdagi oqimiga ta`sir qilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar