AsosiyJamiyat

Yangi qonun. Xorijdan olinadigan jo`natmalar miqdori cheklanishi rejalashtirilmoqda

'Yangi qonun. Xorijdan olinadigan jo`natmalar miqdori cheklanishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Yangi yildan boshlab xorijdan olinadigan jo`natmalar qiymati 200 dollar va og`irligi 10kg miqdorida cheklanishi rejalashtirilmoqda.

O`zbekistonda xorijdan bir kvartal davomida olinadigan jo`natmalar summasini 1000 dollardan 200 dollarga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o`tilgan.

Yangi qonunga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab bojxona to`lovlarisiz olib kelinayotgan jo`natmalar miqdorini besh baravar – 200 dollargacha kamaytirish rejalashtirilgan. Aynida damda bir kvartalda umumiy qiymati 1000 dollargacha bo`lgan mahsulot olib kirish mumkin.

Buyurtma berilgan mahsulot qiymati 200 dollardan oshgan taqdirda fuqarolar undan bojxona to`lovi to`lash talab qilinadi.

Aytish joizki, cheklov nafaqat posilka qiymati balkim uning vazniga nisbatan ham kiritilgan. Xususan jo`natmaning brutto og`irligi – 10 kilogramdan oshmasligi kerak.

Loyihani muhokama qilish 23 oktyabrga qadar davom etadi. Ayni damda Davlat Bojxona qo`mitasi va Moliya vazirligi kiritilishi, belgilangan me`yordan oshgan posilkalardan olish rejalashtirilayotgan Yagona bojxona to`lovini ishlab chiqmoqda.

Qonun loyihasida aytilishiga ko`ra, ushbu choralar mamlakatda tadbirkorlikni amalga oshirish uchun teng raqobatbardosh sharoit yaratish hamda yashirin iqtisod darajasini pasaytirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar