Sinoptiklarning xabar berishicha, Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati 18 darajagacha ko`tariladi.
O`zgidrometeorologiya markazining ma`lumotlariga ko`ra, 7-8 yanvar kunlari qisqa muddatli yomg`irlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati kunduzi o`rtacha 8-13, kechasi esa 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
9-10 yanvar kunlari yog`ingarlik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. Ayrim hududlarda havo haroratining 18 darajagacha isishi kuzatiladi.
Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchiliklar kuzatiladi. Mazkur hududlarda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja issiqni tashkil etadi.





