Farg`ona viloyatining Uchko`prik tumanida 11 oktyabr kuni voyaga etmagan R.A. boshqaruvidagi “Vaz-2106” rusumli avtomashina bilan ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu haydovchi boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz X.Olimjon ko`chasida avtomashina boshqarib ketayotib, rul boshqaruvni yo`qotib qo`ygan. Shu tariqa yo`l chetidagi chinor daraxtiga borib urilgan. Oqibatda haydovchi R.A. yo`lovchilar B.B. va A.R.lar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shifoxonada qo`rsatigan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi R.A. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda.






