AsosiyJamiyat

Bugun sovuq havo O`zbekiston hududidan chekina boshladi. Hafta davomida respublikada qanday ob-havo kuzatiladi?

'Bugun sovuq havo O`zbekiston hududidan chekina boshladi. Hafta davomida respublikada qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

O`tgan haftada O`zbekiston aholisi mintaqamizga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta`sirida bo`lishdi.  Mamlakatimiz hududining katta qismida harorat iqlimiy me`yorlardan 4-7 darajaga past bo`ldi.  

"O`zgidromet" markazining ma`lum qilishicha,  bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko`tarilsada, bu hali hamon me`yordan 2-3 darajaga pastdir.  

Ish haftasi davomida O`zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.  

Butun respublika bo`yicha ob-havo kam bulutli va yog`ingarchiliksiz bo`ladi.  

Harorat  ko`tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo`ladi. Bu iqlimiy me`yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.

Ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 20-22° bo`ladi.

Shuningdek, 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, ba`zi joylarda 0-2° sovuqgacha, kunduzi 17-22° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° bo`ladi.

 

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° bo`ladi.

 

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar