AsosiyJamiyat

Toshkentda uxlayotgan itga qaynoq suv to`kkan xavfsizlik xodimi ishdan bo`shatildi

'Toshkentda uxlayotgan itga qaynoq suv to`kkan xavfsizlik xodimi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Toshkent shahrida uxlayotgan itga qaynoq suv to`kkan korxonaning xavfsizlik xodimi ishdan bo`shatildi. 

Ma`lum qilinishicha, «Mehr va Oqibat» nodavlat-notijorat tashkilotining a`zolari Toshkentdagi korxonalardan biriga tashrif buyurgan va korxona xavfsizlik xodimi uxlayotgan itga choynakdagi qaynoq suvni to`kkan. Tashkilotga bu holat haqida xabarni hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar ma`lum qilgan.

Qayd etilishicha, tashkilot xodimlari huquqni muhofaza qilish idoralariga mazkur holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Korxona mutasaddilari xodim bilan suhbatlashgan va natijada xodim ishdan bo`shatilgan. Keyinchalik tashkilot xodimlari hayvonni veterinarga olib borgan va yaralari bitgach, it xizmat joyiga qaytarilishini aytgan.

«Biz barchani darhol jalb qilishning iloji yo`qligini tushunamiz, ammo hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik jazosiz qolmasligi uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshiramiz. Biz befarq bo`lmaganlarga va ushbu masalada ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar