Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 22 oktyabriga qadar Bunyodkor shoh ko`chasining bir qismidagi beton to`siqlarni ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabati bilan har kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar mazkur yo`l avtomobillar qatnovi uchun qisman yopiladi.
Ushbu yo`lga yondosh bo`lgan qo`shimcha yo`l avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo`lishini ma`lum qilamiz.






