AsosiyJamiyat

Toshkentda qalbaki prava bilan avtomobil boshqarib yurgan namanganlik haydovchini inspektor payqab qoldi

'Toshkentda qalbaki prava bilan avtomobil boshqarib yurgan namanganlik haydovchini inspektor payqab qoldi'ning rasmi

15 sentyabr kuni Mirzo Ulug`bek tumani Mustaqillik va Oqqo`rg`on ko`chalari kesishmasida YHXB inspektorlari tomonidan 37 yoshli namanganlik Dilmurod P. Boshqaruvidagi “Labo” avtomobil to`xtatilgan. 

Tekshiruv davomida xodimlar Dilmurod P.ning haydovchilik guvohnomasi qalbakilashtirilganini aniqlashdi, ekspertiza ham buni tasdiqladi. 

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228 moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar