AsosiyJamiyat

Rossiya va Koreyadagi o`zbekistonlik mehnat migrantlarining 378 ming dollar ish haqlari undirib berildi

'Rossiya va Koreyadagi o`zbekistonlik mehnat migrantlarining 378 ming dollar ish haqlari undirib berildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining chet eldagi vakolatxonalari aralashuvi bilan joriy yilning 9 oyi davomida o`zbekistonlik mehnat migrantlarining 378 ming AQSh dollari hajmidagi ish haqlari xorijiy ish beruvchilardan o`ndirib berildi. Bu haqda Agentlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xorijiy ish beruvchilardan o`ndirib berilgan ish haqining 148,4 ming dollari Janubiy Koreyada, 229,2 dollari esa Rossiya Federasiyasida ishlayotgan o`zbekistonlik mehnat migrantlari hissasiga to`g`ri keladi.

 

Shuningdek, joriy yilning o`tgan davrida xorijda yurgan 50 ming nafarga yaqin fuqarolarga turli ko`rinishda huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar