Kecha, 11 oktyabr kuni Leningrad viloyati Volxov shahri Derjavin prospektidagi Muz saroyi joylashgan joyga kanalizasiya quvurlarini yotqizish uchun qazish ishlarini olib borish jarayonida xandaqda bo`lgan 27 yoshli O`zbekiston fuqarosi tuproq bosib qolib vafot etdi. Bu haqda 78.ru xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, marhum yigit vaqtincha Moskvada ro`yxatdan o`tgan bo`lgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari marhum ishlagan kompaniyaning maxsus jihozlari va hujjatlarini olib qo`yishgan. Tekshiruv o`tkaziladi, hodisaning barcha holatlari aniqlanadi, deyilgan xabarda.






