Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 11 oktyabr kuni soat 15:20da Guliston tumani, "Zarbdor" MFY hududidan o`tuvchi "Guliston-Dehqonobod" 4R-26 avtoyo`lining 4-km.da boshqarib borayotgan haydovchi 1963 y.t. Guliston tumani, "Mevazor" MFYda yashovchi Yu.M. o`ziga tegishli, jigar rang "Neksiya-1" avtomashinasini o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan, 1965 y.t. Guliston shahar "Do`stlik" qo`rg`onida yashovchi A.O.ga tegishli, qizil rangli "Muravey" motorollerini quvib o`tayotgan vaqtida ro`parasidan kelayotgan haydovchi 1963 y.t. Guliston tumani, "Mevazor" MFYda yashovchi M.S. boshqaruvida bo`lgan oq rangli "Neksiya-2" avtomashinasining o`ng qanot qismiga urilgan. Natijada oq rangli "Neksiya-2" avtomashinasi yo`lning chap tomonida, qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan "Muravey" motorolleriini urib yuborgan.
Natijada, 1973 y.t. Oqoltin tumani, "A.Navoiy" MFYda yashovchi haydovchi E.E. boshqaruvida bo`lgan kulrang "Neksiya-2" avtomashinasi bilan to`qnashib, YTH sodir etgan.
YTH natijasida "Muravey" haydovchisi A.O. “burun suyagi sinishi, bosh yirtilishi jarohati, travmatik shok o`rta og`ir jarohati” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






