AsosiyJamiyat

Kogonda bog`cha tarbiyachisi firibgarlik bilan qo`lga olindi

'Kogonda bog`cha tarbiyachisi firibgarlik bilan qo`lga olindi'ning rasmi

8 oktyabr kuni taxminan soat 12:10 larda Kogon tumanida joylashgan maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, 1988 yilda tug`ilgan Z.T. "Xo`ja Yakshanba" MFYda yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan X.H.ning ishonchiga kirib, uni aldab, maktabgacha ta`lim tashkiloti mudirasi orqali, mazkur ta`lim dargohiga ishga qo`yish uchun 200 AQSh dollari hamda Buxoro shahar Xalq ta`limi bo`limida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali Buxoro pedagogika kollejiga o`qishga kiritish evaziga 200 AQSh dollari, jami 400 AQSh dollar pullarni pora tariqasida berishini aytgan. Fuqaro X.H.dan o`zi ishlab kelayotgan ta`lim muassasasi hududida kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida qo`lga olingan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan, jinoyat ustida qo`lga olingan ayol Z.T. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar