2020 yil 9 oyida hududlar bo`yicha eng ko`p Surxondaryo viloyatida 3536 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan. Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 1 oktabr holatiga respublika bo`yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 14 156 tani tashkil etgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 4 860 taga ko`paygan. O`sish sur`ati 52,3 foizga oshgan.
Eng ko`p yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar bo`yicha hududlar:
- Surxondaryo viloyati – 3536 ta
- Samarqand viloyati – 2044 ta
- Andijon viloyati – 1293 ta
- Xorazm viloyati – 1113 ta
- Farg`ona viloyati – 986 ta
Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar bo`yicha soni:
- Sanoat – 4648 ta
- Savdo – 4213 ta
- Qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi – 3009 ta
- Yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 1365 ta
- Sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 96 ta