AsosiyJamiyat

Buxoroda "Matiz"ga o`rnatilgan gaz ballon portladi(foto)

'Buxoroda "Matiz"ga o`rnatilgan gaz ballon portladi(foto)'ning rasmi

Joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 11:45 larda Buxoro viloyati, Peshku tumani, Chig`irchi MFY, Yangibozor ko`chasida joylashgan markaziy kasalxonadagi avtomashinalar to`xtash joyida 1967 yilda tug`ilgan fuqaro H.M.ga tegishli “Matiz”ning metall gaz ballonida nosozliklar yuzaga kelib, chaqnash sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Chaqnash natijasida tan jarohati olgan va halok bo`lgan fuqarolar mavjud emas.

Sodir bo`lgan chaqnash natijasida “Matiz” rusumli transport vositasi atrofida bo`lgan, fuqaro B.B.ga tegishli “Neksiya” rusumli, fuqaro U.P.ga tegishli “Neksiya” rusumli hamda fuqaro A.X.ga tegishli “Lasetti” rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati, Peshku tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar