AsosiyJamiyat

Bu masalaning ko`tarilishi kimningdir qaysidir ijtimoiy muhimroq boshqa masaladan e`tiborini qochirishiga o`xshaydi — Kusherbaev Bosh vazir yig`ilishi muhokamasi haqida

'Bu masalaning ko`tarilishi kimningdir qaysidir ijtimoiy muhimroq boshqa masaladan e`tiborini qochirishiga o`xshaydi — Kusherbaev Bosh vazir yig`ilishi muhokamasi haqida'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Hukumat rahbarining Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisini majlisda tanqid qilgani turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherbaev muhokamalar orasida o`zining familiyasi ham borligini aytdi. 

"Albatta, o`zgarishlar sari ketayotgan Yangi O`zbekiston sharoitida jamiyatda illat sifatida ko`rilayotgan, ko`pchilik e`tiroziga sabab bo`layotgan masalalarni ochiq muhokama va tanqid qilish normal holat hisoblanadi. Buni so`z erkinligi borasida erishgan eng katta yutug`imiz sifatida qabul qilish kerak.

Tug`ri so`ngi paytlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi faoliyatida jonlanishlar bor. Biroq mazkur sohadagi mavjud muammolar oldida bu hali etarli emas. Afsuski ohirgi 27 yil davomida monopoliya masalasi jilovlanmagani bugun «imperiya» darajasidagi «oyog`i erdan uzilgan» ayrim monopollarning paydo bo`lishiga olib keldi.  

Kechagi majlisda aniq nima bo`lganini bilmayman-u, biroq Xukumat rahbari sifatida Bosh vazir tegishli soha va tarmoqlar bo`yicha ishlarni tanqid qilib, yo`l yo`riq berishi hukumat tabiatiga xos tabiiy jarayon.  

Men Bosh vazirni parlament va deputatlarni eshita oladigan kamchilik shasxlardan biri sifatida bilaman, bunga ko`p bora shaxsan guvoh bo`lganman.  

Hukumatning avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish maqsadida Jizzax, Qo`qon, Namanganda yangi avtomobil zavodlari ochishga harakat qilayotganini mavjud «avtomobil monopoliyasini» yo`q qilish borasidagi ijobiy qadam sifatida ko`raman. Bu esa yangi ish o`rinlari degani.

Bugun davom etayotgan pandemiya sharoitida ishlab turgan zavod va korxonalarni saqlab qolish, faoliyatini rivojlantirish, yangi investisiyalar jalb etib raqobat muhitini rivojlantirishimiz kerak.

O`z o`rnida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi ham o`z faoliyatida monopoliya sohasiga oid amaldagi qonunlarimizni ijrosini yanada kat`iy nazoratga olishi va o`z ishini tizimli tashkil etishi lozim, deb bilaman.

Bilmadimu, biroq fikrimcha bugungi masalaning ko`tarilishi kimningdir qaysidir ijtimoiy muhimroq boshqa masaladan e`tiborini qochirishiga o`xshaydi. O`quvchilarni fikrini chigallashtirmagan ham ma`qul biroq", dedi deputat.

    Boshqa yangiliklar